Tolib Muminov

Biografiya

О‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori,
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan artist
Muminov Tolib Teshayevich


55

Kino rollari

50

Teatr rollari

30

Mehnat staji

Tug‘ilgan yili: 02.03.1971      Tug‘ilgan joyi: Buxoro shahri

Millati: о‘zbek                         Partiyaviyligi: yо‘q

Ma’lumoti: oliy 

Tamomlagan: 1994 y. Moskva Butunrossiya Davlat kinematografiya instituti (kunduzgi)

Ma’lumoti bо‘yicha mutaxassisligi: drama teatri va kino aktyori

MEHNAT FAOLIYATI
1990-1994 yy. - Moskva Butunrossiya Davlat kinematografiya instituti talabasi
1994 y. -  h.v.  - О‘zbek Milliy Akademik drama teatri aktyori

2020 yil “Shuhrat” medali bilan, 2020 yil “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Mehnat staji 30 yil. Mazkur vazifada 1994 yildan ishlamoqda.

T.Mо‘minov teatr ijodiy ishlariga juda tez aralashib keta olgan iqtidorli yosh aktyorlardan biri sifatida ustozlari e’tiboriga tushgan.
U о‘z ijodiy faoliyati davomida 50 dan ortiq spektakllarda turfa obrazlar yaratib, malaka va tajribasini oshirib, yuksak salohiyatli ijodkorga aylangan. Kichik rollardan boshlab, bosh rollargacha mahorat bilan ijro eta oladigan yetuk san’atkor sifatida shakllanib, о‘zining mehnatsevarligi, talabchanligi va tinmay ijodiy izlanishi tufayli el sevgan aktyorlardan biriga aylandi va oliy toifali aktyor sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

T.Muminov teatrda sahnalashtirilgan “Kuloyim” spektaklida Kapral, “Muhabbat sultoni”da Qays-Majnun, “Ufq”da Nizomjon, “Qatag‘on”da ofitser, “Jinoyat ustida ushlansin”da katta leytenant Botir Shukurov, “Sohibqiron”da Mironshoh, “Chimildiq”da kuyovning ukasi, “Mashrab”da Mulla Soqiy, “Kunduzsiz kechalar”da dо‘st, “Qirol Lir”da Edgar, “Usmon Nosir”da Nasrullo Davron, “Gamlet”da Rozenkrans, “Makr va Muhabbat”da Vurm, “Adibning umri”da shoir, “Hasrat bog‘i”da Ashrafiy, “Chegara ustidagi uy”da 1-diplomat, “Neksiya”da Bozorboy, “Bevalar”da katta leytenant Pardayev, “Talvasa”da Tursuniy, “О‘zbekcha raqs”da Tursunboy, “Oilaviy sir”da о‘g‘il, “Bir qadam yо‘l”da nevara, “Rustam”da Boytо‘ra, “Taqdir sinovlari”da Butunvoy, “Quyoshni sen uyg‘otasan”da Qodir, “Imon”da Orifjon, “Alisher Navoiy”da Alisher Navoiy, “Mirzo Ulug‘bek”da Sakkokiy, “Revizor”da Korobkin, “Istiqbol sari”da Orif, “Abay”da О‘rozboy, “Jaloliddin Manguberdi”da Temur Malik, “Urush odamlari”da rais, “Sadoqat bilan... (Ofitserlar)”da polkovnik Ahror Sodiqov, “Adolat fasli”da Abduqodir kabi rollarni meyorga yetkazib ijro etib, tomoshabinlar olqishiga va mutaxassislar e’tirofiga sazovor bо‘ldi.

Buyuk mutafakkir bobokalonimiz Alisher Navoiyning 575 yillik yubileylari munosabati bilan teatrda sahnalashtirilgan “Alisher Navoiy” spektaklida Alisher Navoiy rolini iste’dod va mahorat bilan ijro etishga muvaffaq bо‘ldi.

U kino, videofilm va milliy seriallarda ham 55 ga yaqin rollar ijro etib о‘z muhlislariga ega bо‘ldi. Jumladan, “Al-Buxoriy”da Buxoriyning dо‘sti, “Sharpa”da Hakimjon, “Nomus”da advokat, “Azizim”da korxona rahbari, “Quyoshi botmaydigan yurt”da Muxtor, “Rohila”da soqov, “Domla”da ofitser, “Kо‘ngil kо‘chalari”da bezori bola, “Olis osmon”da sportchi, “Ayol zoti”da ofitser, “Muzaffar”da Baxtiyor, “О‘ch”da Jahongir, “О‘zganing onasi”da Ramazon, “Akademiya”da Leytenant, “Haqiqiy erkaklar ovi”da uchuvchi, “Parizod”da Abdurashid, “Aldangan ayol”da er, “Mening akam bо‘ydoq”da Dilshod, “Endi dadam bо‘ydoq”da Dilshod, “Muqaddas burch” (Sardor-3)da podpolkovnik Qо‘ldoshev, “О‘zi uylanmagan sovchilar”da Ismat, “Oqibat-2”da Nasriddin, “Bolalik sinovlari”da Muallim, “Vaqt qadri”da Ma’murjon, “Bedor tuyg‘ular”da Ulug‘bek, “Telba emasman”da psixolog vrach, “Hayot...”da Abror, “Dil payvandi”da Rahmatilla, “Payshanbadan-payshanbagacha”da domla Maxmudov, “Balli Kamoliddin”da Fazliddin, “Barakasini bersin”da Qulmanboy, “Orzudagi ayol”da yozuvchi Bobir Davirov, “Majrux-2”da qо‘shni “Ajina tepa xazinasi”da ovsar, “Puling bо‘lsa”da Alijon hamda, “Vijdon azobi”, “Saodat”, “Zurriyod”, “Intiqom alangasi”, “Qodirxon”, “Tuzoq” seriallarda ham asosiy rollarni maxorat bilan ijro etgan.

U Rossiya, Koreya va Tojikiston kino ijodkorlari bilan hamkorlikda olingan filmlarda ham kо‘zga kо‘rinarli rollarni iste’dod bilan ijro etgan.
T.Muminov dublyaj san’atida ham faol ijod qilib kо‘plab kinofilm, multfilm va seriallarga ovoz berib kelmoqda.

U mamlakatimizda keng nishonlanadigan Navrо‘z va Mustaqillik umumxalq bayramlari hamda respublikamiz bо‘ylab о‘tkaziladigan kо‘plab madaniy, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va gastrol safarlarining faol ishtirokchisidir.

T.Muminov teatrda kasaba uyushmasi raisi muovini.

U “E’tirof-2013” milliy mukofotining “Yilning eng yaxshi kino aktyori” nominatsiyasi g‘olibi bо‘lgan.

U kamtarin, oilasi va dо‘stlariga mehribon, tirishqoq, mehnatsevar, izlanuvchan, ochiqkо‘ngil inson sifatida jamoa va xalq orasida alohida hurmat va e’tibor qozonib kelmoqda.